Sirdaryo — hududi bo'yicha eng ixcham viloyatlardan biri, lekin joylashuvi unga alohida ustunlik beradi: viloyat Toshkent va Samarqand o'rtasidagi asosiy transport yo'lagida yotadi. Bu esa uy-joy bozoriga ham ta'sir qilmoqda.
Eski fond yangi talablarga javob bermayapti
Viloyat markazlaridagi uy-joy fondining katta qismi — o'tgan asrda qurilgan binolar. Yosh oilalar esa boshqa standartlarni kutmoqda: issiq-sovuq suv barqarorligi, lift, parkovka, xavfsiz hovli. Shu talab yangi qurilish bozorini shakllantirmoqda: viloyatlarda zamonaviy formatdagi majmualar birin-ketin paydo bo'lyapti.
Narx dinamikasi
Hozircha viloyatda m² narxi poytaxtdagidan sezilarli past — Gulistonda yangi binoda 9,3–9,8 mln so'm. Lekin tajriba shuni ko'rsatadiki, yirik shaharlardagi narx o'sishi 1–2 yil kechikish bilan viloyatlarga ham yetib keladi: Toshkent va Samarqandda 2024–2026 yillarda kuzatilgan o'sish viloyat bozorlariga endi ta'sir qila boshladi.
Bu xaridor uchun oddiy xulosa beradi: viloyat markazida hozirgi narxlarda olish — o'sish boshlanishidan oldin kirish degani.
Xaridorga amaliy maslahatlar
Viloyat bozorida tanlov hali katta emas, shuning uchun asosiy e'tiborni loyihaning o'ziga qarating:
- Loyihaning topshirish muddati shartnomada aniq yozilganini tekshiring
- Majmua ichki infratuzilmasini so'rang: bog'cha, parkovka, xavfsizlik qanday hal qilingan
- Rassrochka jadvalini oilaviy byudjetga solishtiring — oylik to'lov daromadning 40%idan oshmagani ma'qul
- Quruvchining avval topshirgan obyektlarini so'rang yoki borib ko'ring
.jpg&w=3840&q=75)